Biz kompaniyangizni o'z xodimlari haqida qayg'uradigan ijtimoiy-mas'uliyatli kompaniya sifatida
mehnatlaringiz va yutuqlaringiz e'tirofiga ega bo'lish imkonini beruvchi konkursda ishtirok etishga taklif etamiz.
Konkurs eng zo'r yechimlar va yondashuvlarni, xodimlar hamda jamoatchilik bilan ishlashda samarali amaliyotlarni aniqlash, korporativ madaniyatni boshqarish va uni rivojlantirish bilan bog‘liq ishlarning nufuzi hamda ahamiyatini oshirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Konkursda iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi kompaniyalar ishtirok etadilar.


G‘oliblarni tanlash metodologiyasi ilmiy izlanishlar, «Zappos.com» kompaniyasining ko‘p yillik tajribasi, Gallop Instituti ilmiy ishlanmalari va psixologiya fanlari doktori, Moskva Davlat Universiteti xizmat ko'rsatgan professori Tohir Bazarovning «Счастливая компания: секреты практической психологии» nomli yangi kitobida chop etilgan tadqiqotlarga asoslanadi.
Konkurs uch bosqichdan tashkil topadi:
1
Xodimlar (10 daqiqa ichida) kompaniyangizning «Baxt indeksi»ni hisoblash imkonini beruvchi anonim onlayn so'rovnomani 12 kategoriya bo'yicha to'ldiradilar
2
Har bir yo'nalishdagi eng zo'r (TOP-3) kompaniyalar Toshkentda bo'lib o'tadigan Uchinchi Xalqaro Boshqaruvchilik Forumida, auditoriya qarshisida so'zga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
3
Forum ishtirokchilari g'olibni onlayn ovoz berish yo‘li orqali aniqlaydilar
ARIZA BERISH
Konkursda ishtirok etish uchun to'lov talab qilinmaydi
Barcha finalchilar xalqaro konkurs Diplomlari bilan taqdirlanadilar, nominatsiya g'olibi esa shaxsan hay'at vakilidan yuqori natijalarga erishganligini tasdiqlovchi G'olib stellasini qabul qilib oladi.
Barcha ishtirokchilar so'rovnoma natijalari haqida qisqa
hisobot oladilar.
Xalqaro konkurs hakamlar hay’ati tarkibiga kiruvchi mutaxassislar:
  • Tohir Bazarov
    M.V. Lomonosov nomidagi MDU xizmat ko'rsatgan professori, «Xodimlarni boshqarish» va «Счастливая компания: секреты практической психологии» kitoblari hammuallifi
  • Mark Kukushkin
    «Живые» kitobi muallifi, yilning eng yaxshi biznes murabbiyi (2011), «ПиР» festivali asoschisi, Ijtimoiy texnologiyalar akademiyasi vitse-prezidenti
  • Timur Yadgarov
    korporativ madaniyat bo'yicha ekspert, «27 привычек счастливого человека» kitobi muallifi, «Лидер и Племя» biznes-bestsellerining ilmiy muharriri, «Корпоративный университет.кз» rektori
  • Verner Regen
    Yevropa kouching assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, iqtisod fanlari doktori, professor, Berlin shahrida joylashgan Leybnits nomidagi ilmiy jamiyat a’zosi
  • Larisa Rudakova
    «МедиаЛайн» kommunikatsiya guruhi prezidenti, «InterComm» mukofotining tashkiliy qo'mitasi rahbari
  • Anna Smirnova
    «InterComm» mukofoti tashkiliy qo'mitasining ijrochi direktori
  • Yana Balachevtseva
    «Marketing Division Family» asoschisi. «Onlife iDEA Fest» xalqaro teatr festivali prezidenti.
  • Yuriy Okishev
    Fizika-matematika fanlari nomzodi.
    «Auditorium CG» kompaniyasi va «You-need» platformasi asoschilaridan biri va bosh direktori
  • Tatyana Kojevnikova
    30 yillik tajribaga ega HR-direktor. Spiker, mentor, xodimlarni boshqarish bo'yicha kitoblar muallifi
ARIZA BERISH
Konkursda ishtirok etish uchun to'lov talab qilinmaydi